Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимини вақтинча бажарувчи Шавкат Мирзиёев таржимаи ҳоли

DFD2HG5m7y1TPlVgvcPx5fl188CdGtlA

Шавкат Миромонович Мирзиёев – 1957 йил 24 июлда Ўзбекистон Республикаси Жиззах вилояти Зомин туманида зиёли оиласида таваллуд топган. 

1981 йилда Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалиги механизацияси институтини «инженер- механик» мутахассислиги бўйича тамомлаган. Техника фанлари номзоди. 

1981-1992 йилларда Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалиги механизацияси институтида кичик илмий ходимдан институт ректорининг биринчи ўринбосари лавозимигача ишлаган. 

1990 йилда Ўзбекистон Олий кенгаши депутати сифатида сайланган. 1994 йили мамлакатнинг янги парламенти (Олий Мажлис) депутати бўлган. 1999 йилда иккинчи чақириқ Олий Мажлисига Жиззах вилоятидан депутат бўлган. 

1992 йили Тошкент шаҳар Мирзо Улуғбек тумани ҳокими, 1996-1999 йилларда Жиззах вилояти ҳокими, 2001-2003 йилларда Самарқанд вилояти ҳокими лавозимларида ишлаган. 

2003 йил 11 декабрида мамлакат парламенти томонидан президент Ислом Каримов таклифига биноан Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси раҳбарлигига тасдиқланган. 

2004 йили Ўзбекистонда ташкил этилган ЎзЛиДеП партияси сиёсий кенгаши таркибига кириб, 2005 йил 28 январь ва 2010 йил 27 январда партиядан ҳукумат раҳбарлигига тавсия этилган ва тасдиқланган. 

2015 йил 23 январида яна бир марта Олий Мажлис томонидан ҳукумат раиси лавозимига тасдиқланган. 

Ўзбекистон тархида биринчи марта, унинг номзоди давлат раҳбари эмас, парламент сайловида ғалаба қозонган сиёсий ҳаракат – ЎзЛиДеП партияси томонидан илгари сурилган. 

Шавкат Мирзиёев 2005 йилдан ҳукумат раҳбарлиги билан бирга республиканинг барча агросаноат мажмуасини ҳам назорат қилади. 

2016 йил 8 сентябридан Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимини вақтинча бажарувчи.

Манба: KUN.UZ

Мақола 4 423 марта ўқилган

1 Комментарий для Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимини вақтинча бажарувчи Шавкат Мирзиёев таржимаи ҳоли

  1. As men Tillayeva Farida 73 y Tosh shaxrida tugilaganman 91 y turmushaga chiqaman hozirda 8 ta farzandim bor 6 tasi qiz 2 tasi ogil farzandlarim voyaga yetib qoldi 1 chi farzandimi 26.10.14 da turmishga berdim qizm zakizga otiwga ariza berilildi tibiy korik mahalida kuyov ozim otaman db gap qilldi san ozin ot man ozim otaman dedi . Van zakisdan otishdi va zakishonadigilar qizimga hish nima deyishmadi . Qizimi Zangiota tumani Hasanboy qishlogiga uzatdim 2 oycha yaxshi yashashdi .Buni irasida homilador boldi keyin kuhovim janjal chiqarishi boshladi Qizimga man sani holab omaganman mani tugdiromidi diyshganligi uchun sanga uylandim db qizimni 03.02.15 y haydab yubordi va munga qaramasdan qizimni uyga olib borib tashadik .va har oy qizimni uyidigilar bizni chaqaqirishi boshlashdi.shunday qilib 26.07.15 y olib keldim 08.09.15 y da qizimni kozi yoridi kuyivim umman habar olmadi banisaga 3 kun kelishdi va ertasi kuniga olib chiqishdi .kuyovim har kun ichib qizimni haydab chiqarishni onasiga soradi.11.11.15 y katta janjal boldi 2 qayni opasi va qaynonasi va kuyovim qizimni urib farzandini olib qoyishdi.biz soat24 .00 da telefon boldi .men va hojaynim ukam kelinim oglim kuyivimikiga yol oldik qorqanimdan uchaskavoyga va 02 tel qildim va biz bordik soat 01.00 da yet8b bordik borsak uyligida tumonat odam qizimni oldiga kirdim va qizimni bir ahvolda kordim uni kiyimlari yirtilgan kozlari qizarib yuzi hishib ketgan ekan qizim menga soat 20.00 da chaqalogimni olib qoyishgan dedi bolamni olib berin deb oshxonaga chopdi va eshik oldida qayni opasi Dilnoza qizimni urib ketishi boshladi men uni zorga ajratib oldim chaqaloqni olib chiqdik unga tinchlantiradigan diyazalin dori ichirib qoyishgan ekan bolani kozini korib qorqib ketim va bolani yangi toshmiga olib ketdik va bolani detiskiy pediyatirga korsatim men uyaga olib ketyapman bolani kozini korin bo soat 20.00 dan beri onasini emagan dohtir dorini koproq berib yuborishgan hishnima qilmaydi deb aytdi men bolaga bir narsa bolsa sizjavob bersiz dedim buni orasida qizimni kongli aynib qusdi men qizimni navaramni uyimizga yaqin shifohonaga yotqizdik shifohonadigilar 02 ga berib yubirishdi oradan bir necha kun otsa ham ulardan habar bolmadi va men prakraturaga bordim va 6 kuni Hasanboy QFY dan uchaskavoy Eldor keldi va qizim bn gaplashdi va ekispirtizadan otkazdi shifokorlar qizimini nervalogiyaga yotkazishni aytiwdi buni orasida navaram kasal bolib qoldi .qizimdan suti qochibketgan edi va qoshimcha ovqat berishga majbur boldim mablagim yetmaganligi uchun qizimni ohirgacha davolata olmadim hozirad qizimni kozi yaxshi emas buni orasida qizmni ishi sudga oshdi suddaqizimni kuyovim jinni va oźini urib tashladi deb turdi ular advakat yolashdi men qizimni dovolatishni soradim ular rad etishdi kuyovim urganini boyniga oldi sudiya unga shtraf soldi va alment tolashni aytdi navaramga alement undrib berishvoti menga alam qiladigani knuyovim kesilgan va bitta pochkasi yoqligini aytishmagan xatto zaks xonadagilarxam aytishmagan.qatdga murojat qilsam iw yopilib ketvurdi sudiya menga ishni qozgatsangiz ozingizni qamatamiz deb qorqitdi hozirda navaram 1 yoshu 2 oylik alimentniyam har hil oyin qibyuborishdi .kuyovim bn onasi mahalamiz damkomizga kelishibdi va har hil yolgaon gaplar qilishibdi .Bizni Hasanboy
    Qishlogiga chaqirishdi qizim qaynonam uyergaborishdi kuyovim ajrashishni aytdi u yana uylanaman debdi toydan oldin yolgon gapirib kolejni xam oqimagan ekan uning xolasini ogli esembda ishlaydi shuning uchun u xech narsadan qorqishmayapti ular yana bitta qizni xayotini buzadimi iltimos menga yordam berin ishni boshqatadan korishni sorayman qizimga va navaramga yordam bering kattakon raxmat

Комментировать

Ваш электронный адрес не будет опубликован.


*