Kun nafasi

Ulug‘bek Rahmatullaevning litsenziyasi tugatildi

Muallif Abduvali

Xonanda Ulug‘bek Rahmatullaevning litsenziyasi tugatildi. Bu haqda “O‘zbekkontsert” davlat muassasasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, litsenziat Ulug‘bek Rahmatullaev bilan tuzilgan litsenziya bitimi talab va shartlari buzilganligi sababli ushbu xonanda nomiga berilgan litsenziyaning amal qilishi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandiga asosan 2018 yil 27 iyundan tugatilgan.



Muallif haqida

Abduvali

Leave a Comment