Kun nafasi

Andijonda ayolini o‘ynashi bilan ko‘rgan erkak uni bo‘g‘ib o‘ldirdi

Muallif Abduvali

Andijonda ayolini o‘ynashi bilan tutib olgach, bo‘g‘ib o‘ldirgan erkak 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Andijon viloyati Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘z tuman sudi UZ24’ga xabar qildi.

Ma'lum bo‘lishicha, O.Mutalipov 2018 yilning 19 yanvar kuni soat 14:00lar chamasida oila a'zolari bilan vaqtincha yashab kelayotgan Bo‘z tumani, Do‘stlik M.F.Y., Mustaqillik ko‘chasi, 138-uy, 9-xonadonda turmush o‘rtog‘i M.Mutalipovani noma'lum erkak kishi bilan birga bo‘lganligini, ushbu shaxs deraza oynasi orqali xonadondan chiqib qochib ketganligini ko‘rib qolgan. Shundan so‘ng turmush o‘rtog‘i M.Mutalipovani noma'lum erkak bilan jinsiy aloqada bo‘lganlikda ayblab, u bilan o‘zaro janjallashib, uni qo‘llari bilan bo‘yin sohasidan bo‘g‘ib qasddan o‘ldirgan.

2018 yil 30 may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘z tuman sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilgan Mutalipov Odiljon Mashrabboevichga oid jinoyat ishi yuzasidan hukm o‘qilib, unga nisbatan 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.



Muallif haqida

Abduvali

Leave a Comment