Kun nafasi

Rossiyada bomba xafvi sabab mehmonxona evakuatsiya qilindi

Muallif Abduvali

Rossiyada bomba xafvi sabab mehmonxona evakuatsiya qilindi

Kecha, 26 iyun kuni JCh-2018 mezboni Rossiyaning Rostov-na-Donu shahridagi mehmonxonalardan biri bomba xavfi sabab evakuatsiya qilindi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Rasmiy hujjatlarga ko‘ra, Rostov-na-Donudagi Topos Kongress-otel FIFAning futbol bo‘yicha jahon chempionati saytiga kiritilgan. Ammo hech bir jamoa u erda qolmayapti.

Politsiya portlash xavfi sabab evakuatsiya qilingan va binoga sniffer itlar kiritilganini ta'kidlagan.

Mehmonxona xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, mehmonxonaga 210 nafar odam joylashgan bo‘lgan.

Ma'lumot o‘rnida, Rossiyaning janubiy shahari Rostov-na-Donuda jahon chempionatining to‘rt o‘yini o‘tkazildi. 26 iyun kunibo‘lgan Xorvatiya – Islandiya uchrashuvi ham shu erda o‘tkazildi. Bu erdagi keyingi match 2 iyul dushanba kuniga mo‘ljallangan.



Muallif haqida

Abduvali

Leave a Comment