Kun nafasi

Dam ham olishga qo‘yishmas ekanda! Ravshan Ermatov yana bir o‘yinda ishlaydi

Muallif Abduvali

O‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov JCh-2018 guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan Serbiya – Braziliya o‘yiniga tayinlandi.

Tribuna.uz`ning ma'lum qilishicha, 27 iyun kuni o‘tkaziladigan bahsda u to‘rtinchi hakam sifatida faoliyat olib boradi. Bosh hakam sifatida esa eronlik Alirizo Fag‘oniy ishlaydi.

JCh-2018, E guruhi
27 iyun
Serbiya – Braziliya
Bosh hakam:
 Alirizo Fag‘oniy (Eron)
Assistentlar: Muhammad Mansuriy (Eron), Rizo Suxandon (Eron)
4-hakam: Ravshan Ermatov (O‘zbekiston)
Inspektor: Anur Humayla (Tunis)

Qayd qilish joizki, Ravshan Ermatov faoliyatidagi uchinchi jahon chempionatida ishtirok etmoqda. U Janubiy Afrikada o‘tkazilgan JCh-2010 va Braziliyada o‘tkazilgan JCh-2014 musobaqalarida ishtirok etib, shu paytgacha jami 11ta o‘yinni boshqargan va dunyo rekordini o‘rnatgan.



Muallif haqida

Abduvali

Leave a Comment