Psixologik testlar

Psixologiya: Ayol kishining qon guruhi uning o‘ziga xos xususiyatlarini so‘zlab beradi

Muallif Abduvali

Yaponiyalik olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, ayol kishining qon guruhi uning fe'l-atvori va o‘ziga xos xususiyatlarini bilishga yordam berar ekan. Bu fikr qanchalik haqiqatga mos ekanligini ular taqdim etgan quyidagi ma'lumotlar asosida o‘zingizning qon guruhingiz va xususiyatlaringiz misolida taqqoslab ko‘ring…

I QON GURUHI

Bu qon guruhiga ega bo‘lgan qizlar, ayollar hamma joyda etakchilik qilishni yaxshi ko‘radilar va ushbu maqsad sari olg‘a intiladilar. Ular o‘zlarining bilim va kuchiga ishonadi. Shu bilan birga, ushbu qon guruhiga ega bo‘lgan qizlar ehtirosga beriluvchan va rashkchi bo‘ladilar.

II QON GURUHI

Ushbu qon guruhi egalari esa, uyg‘unlikni, tinchlik va tartibni xush ko‘radilar. Ular atrofdagilar bilan juda xushmuomala bo‘lishlari bilan birga, ta'sirchan va kezi kelganda injiq, o‘zgaruvchan tabiatga ega bo‘ladilar.

III QON GURUHI

Bu qon guruhi vakillari o‘ziga xos fe'l-atvorga ega, o‘zlari istaganidek ish tutishni yaxshi ko‘radilar. Har qanday sharoitga tez ko‘nikadilar. Kechirishga intiladilar. Ammo intilish va sa'y-harakatlari har doim ham ijobiy natija beravermaydi.

IV QON GURUHI

Ushbu qon guruhiga ega qizlar, ayollar og‘ir-bosiq va haqiqatgo‘y bo‘ladilar. Shunga qaramay yaqinlari, dugonalari ular bilan vaqt o‘tkazishni yaxshi ko‘radilar. Chunki ular xushmuomala bo‘lish bilan birga, qat'iy, yaqinlariga to‘g‘ri va samimiy maslahatlar bera oladilar.

Tayyorlovchi Ozoda OLIMOVA.



Muallif haqida

Abduvali

Leave a Comment