She'rlar

Sokin bo‘lma, mahzun bo‘lma kulib turgin

Muallif Abduvali

Sokin bo‘lma, mahzun bo‘lma kulib turgin,

Ko‘nglimga kel, hamsuhbatim bo‘lib yurgin.

Kechirmaslar kechirmaydi bilib ko‘rgin,

Mayli qah-qah , mayli ohis pichirlaymiz

Biz yaxshilar, yomonlarni kechirgaymiz.

🌸Ayt bo‘lurmi, gulni saqlab qafaslarda?

Yonish kerak, yashash kerak nafaslarda.

Havas qilgin, qolib ketma xasadlarda

Tokay dilga g‘ambodalar ichirgaymiz,

Biz yaxshilar, yomonlarni kechirgaymiz.

💎Ko‘rdik qancha fe'li turfa taranglarni,

So‘zlarida maqtovsifat jaranglarni.

Ham riyokor ham yolg‘onchi faranglarni

Xotirotdan yulib bir-bir o‘chirgaymiz,

Biz yaxshilar, yomonlarni kechirgaymiz.

🌙Oydan go‘zal ey chehrasi huroylilar,

Yomonlar ham nurni sizdan so‘raydilar.

Qosh-u ko‘zi boshdin oyoq chiroylilar

Dilga yaxshi nihollarni ko‘chirgaymiz,

Biz yaxshilar, yomonlarni kechirgaymiz.



Muallif haqida

Abduvali

Leave a Comment