Psixologik testlar

Test: Farzandingiz o‘ziga ishonadimi?

Muallif Abduvali

Quyida sizga havola etayotgan testimizni kichik yoshdagi bolalar bilan birga sinab ko‘ring. Test ertakdan iborat bo‘lib, ertak qahramonlari orqali bolaning munosabatini bilib olish mumkin.

Ertak so‘nggida farzandingiz javob berishi kerak bo‘lgan savol turadi. Ushbu testdan maqsad, bolangizning ko‘nglidagi sizga ifoda etib berolmayotgan hissiyotini yaxshiroq bilib olishga ko‘maklashadi. Bu testni o‘tkazayotganingizda, farzandingiz tinch holatda bo‘lishi zarur. Agar uning o‘zi sizdan ertak aytib berishingizni so‘rasa, nur ustiga a'lo nur. Ertakni aytib bo‘lgach, bolangizni darrov javob berishga shoshiltirmang. Aksincha, agar istasa, uning fikrlarini tinglang. Ertak aytayotganingizda, farzandingizni kuzating. U sizni berilib tinglayaptimi, gapirayotganida shoshilib, hovliqib fikr bildiryaptimi, ertakni qiziqib tinglayaptimi? Uning yuzidagi xavotir yoki ertak qahra-monlariga achinishi, ta'sirlanishi, ertakni yana qaytadan aytib berishingiz-ni so‘rashi uning ertak va undagi hodisalarga befarq emasligini bil-diradi.

«QUShChA»

Mittigina qushcha daraxtda – inida mazza qilib, uxlab yotardi. Birdan kuchli shamol turdi. Qushcha in qurgan shox shamol kuchiga chidolmasdan qulab tushdi tushdi. Qushcha chirqillab-chirqillab mundoq qarasa, issiqqina inida emas, erda yotibdi. Shu payt uning dadasi uchib kelib, daraxtning bir shoxiga qo‘nibdi. Onasi ham uchib kelib, boshqa bir shohga qo‘nibdi. Qushcha esa hayron. U endi nima qiladi?

JAVOB VARIANTLARI:

A) U uchib borib boshqa shoxga qo‘nadi;

B) Onasining oldiga uchib boradi, chunki u qo‘rqib ketdi;

V) Otasining oldiga uchib boradi, chunki u kuchli!;

G) U erda qoladi, chunki hali uchishni bilmaydi, ota-onasini chaqirsa, yoniga uchib kelishadi .

Ucholmaydi, shuning uchun erda qoladi;

Uchishga harakat qiladi, lekin hech narsa chiqmaydi;

Shamolda yiqilib tushib halok bo‘ladi;

Ochlikdan halok bo‘ladi.

«Yo uni hech kim eslamaydi, uni biron hayvon eb qo‘yadi» va shu kabilar.

Bunday javoblardan so‘ng, yaxshilab o‘ylab, farzandingiz bilan uning ruhiyatidan kelib chiqib muomalada bo‘ling va uning «men»ini to‘g‘ri shakllanishga yordam bering.

Agar farzandingizning bergan javoblari ijobiy bo‘lsa, bu uning mustaqilligi, o‘zi qarorlar qabul qila olishidan, o‘z kuchiga ishonishidan darak beradi.

Salbiy javoblar esa aksincha, bunday bolalar boshqalarga, ayniqsa, ota-ona ko‘magiga o‘rganib qolgan bo‘ladi. Bu kabi bolalar mustaqil fikrga ega bo‘lmaydilar. Bolaning onasiga yuqori darajada bog‘liqligi yig‘lasa ko‘tarib yuruvchi onalarning farzandlarida kuzatiladi. Bunga bola juda tez o‘rganib qoladi va boshqa holatlarda ham e'tibor qaratishingizni talab qilaveradi. Bunday holat keyinchalik ham o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Bola ulg‘aygach, onasidan yordam kutaveradigan bo‘lib qoladi. Agar yaqinlari tomonidan bolaga ishonch bildirilsa, mustaqil bo‘lishiga qo‘yib berilsa, u bunga erishishga harakat qiladi.

Jismoniy hamda intellektual mustaqillik bolada asosan 2-3 yoshgacha bo‘lgan davrda shakllanadi. Agar ota-onalar shu davr ichida unga yaxshi muomalada bo‘lsa, faolligini susaytirmasa, bola mustaqilligi rivojlanib boradi.

Tayyorlovchi: Feruza IQBOL.



Muallif haqida

Abduvali

Leave a Comment