Psixologik testlar

Psixologik test: O‘zingiz haqingizda bilasizmi?

Muallif Abduvali

Ko‘pincha, to‘siqlarga duch kelganimizda, kimnidir ayblashga urunamiz. Ammo o‘zimizning kamchiligimiz haqida o‘ylab ham ko‘rmaymiz.

Kamchiliklar va xatolarni tan olish bu – ayb ish emas, aksincha, uni to‘g‘rilashga harakat qilmaslik ayb hisoblanadi. Quyida sizga taqdim etilayotgan test savollari dunyoning ko‘zga ko‘ringan psixologlari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, sizning qandayligingizni aniqlaydi. O‘zingizni yanada yaxshiroq anglashingizda, kamchilik va yutuqlaringiz nimadan iborat ekanligini bilib olishingizga yordam beradi. Bundan xulosa chiqarib, o‘zinigz haqingizda to‘g‘ri fikrga ega bo‘lasiz!

1. Ko‘pincha, u yoki bu ishni qilishim kerak emasmidi, degan xayollarga borasizmi?

a) ko‘p hollarda – 1ball;

b) ba'zida – 3 ball.

2. O‘tkir zehnli va katta bilim sohibi bilan suhbatlashayotganingizda siz:

a) undan ustun bo‘lishga harakat qilasiz – 5 ball;

b) u bilan tortishmay, unga tan berasiz – 1 ball;

3. O‘zingizga yaqin fikrni tanlang:

a) ko‘pchilik omadi chopdi, deb o‘ylaydi, aslida esa bu mashaqqatli mehnat samarasidir – 5 ball;

b) ko‘pincha qo‘lga kiritiladigan yutuqlar sharoitning to‘g‘ri kelishi bilan bog‘liq – 1 ball;

v) sizga omad kelishi emas, sizni qo‘llay oladigan inson zarur – 3 ball;

4. Siz to‘g‘ringizdagi parodiya (hazil yoki masxara bilan taqlid qilish)ga qanday qaraysiz?

a) o‘xshatib ko‘rsatilgan qiliqlaringizni tan olasiz va maza qilib kulasiz – 3 ball;

b) parodiya ko‘rsatgan odamning ustidan kulishga harakat qilasiz – 4 ball;

v) xafa bo‘lasiz, lekin buni sezdirmaslikka harakat qilasiz – 5 ball.

5. Siz doim qaergadir shoshasiz, doim nimagadir vaqtingiz etishmaydi yoki o‘zingiz uddalay olmaydigan vazifalarni bo‘yningizga olasiz.

a) ha – 1 ball;

b) yo‘q – 5 ball;

v) bilmadim – 3 ball.

6. Dugonangizga (do‘stingizga) sovg‘a uchun atir tanlayapsiz, qay birini xarid qilasiz?

a) o‘zingizga yoqadigan – 5 ball;

b) sizga uncha yoqmaydigan, lekin dugonangizning (do‘stingizning) didiga mos keladigan – 3 ball;

v) yaqindagina reklamada namoyish etilgan – 1 ball;

7. Siz xayolan o‘zingizni hayotdagidan umuman boshqacha tarzda tutishingiz mumkin bo‘lgan vaziyatlarni tasavvur qilasizmi?

a) ha – 1 ball;

b) yo‘q – 5 ball;

v) bilmadim – 3 ball.

8. Sizdan yosh bo‘lgan hamkasblaringiz sizdan ko‘ra ko‘proq yutuqlarga erishsalar, o‘zingizni kamsitilgandek his qilasizmi?

a) ha – 1 ball;

b) yo‘q – 5 ball;

v) bilmadim – 3 ball.

9. Kimgadir e'tiroz bildirish yoki qarshilik ko‘rsatishdan xursand bo‘lasizmi?

a) ha – 5 ball;

b) yo‘q – 1 ball;

v) bilmadim – 3 ball.

10. Ko‘zlaringizni yuming va ko‘z oldingizga 3 xil rangni keltiring:

a) havo rang (shunga yaqin) – 1 ball;

b) sariq (shunga yaqin) – 3 ball;

v) qizil (shunga yaqin) – 5 ball;

Ballarni xisoblang va natijalarni tekshiring:

0-38 ball. Siz o‘zingizga juda ishonasiz. Odamlardan ustun bo‘lishni va faqat «men» deya ta'kidlashni yoqtirasiz. Siz haqingizda gapirilayotgan gaplar sizni umuman, qiziqtirmaydi. Boshqalarni tanqid qilishni esa yaxshi ko‘rasiz. Yuzingizga aytilgan tanqidni «xazm» qila olmaysiz.

Yig‘ilgan ballaringiz qancha ko‘p bo‘lsa, boshqalardan ko‘ra o‘zingizni yuqoriroq qo‘yishingizni aytish mumkin. Boshqalarga nisbatan o‘zingizni ustun qo‘yishingiz sizni odamlardan yiroqlashtiradi, shuning uchun o‘zgalarni hurmat qilishni kanda qilmang.

37-24 ball. Siz o‘zingizdan ham, boshqalardan ham mamnunsiz. Kezi kelganda, vaziyatni to‘g‘ri baholaysiz va sog‘lom fikr yuritasiz. Atrofingizdagilar bilan murosa qilish, shu bilan birga, og‘ir sharoitlarda ham o‘zingizni qo‘lga olishni, boshqalarning yordamisiz turli vaziyatlardan chiqib keta olishni uddalaysiz.

23-10 ball. Siz o‘zingizning bilim saviyangizdan, hayotdagi o‘rningizdan, yoshingizdan, hattoki, ko‘rinishingizdan ham qoniqish hosil qilmaysiz. Siz har doim kimdandir shubhalanib yashaysiz. Bilimli odam xor bo‘lmas, degan naql bor. Ko‘proq bilim olishni va o‘zingizni hurmat qilishni o‘rganing. Shundagina atrofingizdagilar ham sizni hurmat qiladi.

Xosiyat NIGOR tayyorladi.



Muallif haqida

Abduvali

Leave a Comment