Hikoyalar

Yangi dada

Muallif Abduvali

Otasi o‘lib sag‘ir qoldi bolakay. Onasi yig‘lab-yig‘lab boshqaga turmushga chiqdi. Bola yangi dadasidan xavfsiradi. “O‘gay dadalar yomon bo‘ladi”, deyishgandi o‘rtoqlari. Uni bag‘riga tortmoqchi bo‘lgan amakini siltab qochib qoldi. Erto‘laga tushib, o‘z dadasini eslab ko‘z yosh to‘kdi.

– Nega yig‘layapsan? – uni yashiringan joyidan topib oldi yangi dadasi.

– Dadamni sog‘indim…

– Men ham juda sog‘indim, – uning elkasini siladi yangi dada, – otam o‘lganida rosa yig‘laganman. Haliyam qo‘msayman.

– Sizning ham dadangiz yo‘qmi? – unga hayron boqdi bola.

– Ha, sen kabi yolg‘izman, bolam. Do‘st bo‘lasanmi men bilan? – ko‘zlari namlandi yangi dadaning.

– Bo‘laman… – uzatilgan qo‘llarni tutdi bola.

Hamdardlar har kuni achomlashib birga uxlaydigan bo‘lishdi.

Nodirabegim Ibrohimova



Muallif haqida

Abduvali

Leave a Comment