Qiziqarli

Erkaklar diqqatiga: velosport juda foydali ekan

Muallif Abduvali

Buyuk Britaniyaning Birmingem universiteti hamda London Qirol kolledji olimlari o‘tkazgan tajribaga ko‘ra, velosipedda sayr qilish – qarish jarayonini sekinlashtirar ekan, RIA Novosti xabarigaasosan.

Olimlar 55 yoshdan 79 yoshgacha bo‘lgan 125 nafar havaskor velosipedchilar orasida izlanish o‘tkazishdi. Velosipedchilarning 84 nafari erkaklar va 41 nafar ayollar edi. Ushbu tajriba uchun tamaki chemaydigan va alkogolli ichimliklarni kam iste'mol qiladigan hamda qon bosimi me'yorida bo‘lgan velosipedchilarni tanlab olishgan.

Tajriba shartiga ko‘ra, erkak velosipedchilar 100 km masofani 6,5 soat ichida ayollar esa 60 km masofani 5,5 soat ichida bosib o‘tishlari kerak bo‘lgan.

Shundan so‘ng ularning ularning natijalarini, sport bilan shug‘ullanmaydigan 57-80 yoshda bo‘lgan 75 kishi hamda 20-36 yoshli 55 nafar yoshlar natijalari bilan solishtirilgan.

Tajriba natijasida aniqlanishiga ko‘ra, jismoniy faol kishilar yosh o‘tishi bilan mushaklar vazni va jismoniy kuchlarini yo‘qotmagan, ularning qonida esa xolesterin va yog‘ kam, erkaklar uchun eng muhim gormon bo‘lgan – testosteron esa ko‘p miqdorda saqlanib qolgan.

London Qirol kolledji professori Stivena Xarrij aytishiga ko‘ra “ushbu kishilarning tanasi optimal qarigan – ya'ni, odatda kam jismoniy harakatlanish oqibatida kelib chiqadigan muammolarsiz.”

 



Muallif haqida

Abduvali

Leave a Comment