Kun nafasi

Ichki ishlar Vazirligi tizimida kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi

Muallif Abduvali

Tayinlovlar natijasida bitta vazir o‘rinbosari va 4 ta yangi boshqarma boshlig‘i o‘z vazifalarini bajarishga kirishdilar.

Podpolkovnik Baltaniyazov Rustem Toxtarbaevich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshladi.

Polkovnik Atabaev Muhammadjon Amangaldievich – Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, Podpolkovnik Safarov Erkin Nasilloevich – Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida, Podpolkovnik Zubaydullaev Mirzoxon Fayozovich esa – Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida o‘z ish faoliyatlarni boshlashdi.

Bundan tashqari Podpolkovnik Saidxo‘jaev Azizxon Sobirovich – Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga o‘tdi.



Muallif haqida

Abduvali

Leave a Comment