Kun nafasi

AQSh elchisi: Prezident Mirziyoev shu qadar tez va talabchanki, u bilan yonma-yon ketish qiyin

Muallif Abduvali

Ayni paytda xalqaro ekspertlar, siyosatshunoslar, tahlilchilar, dunyo OAVlari O‘zbekistonda kechayotgan o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatib, olib borilayotgan islohotlarga yuqori baho bermoqda, deb yozadi O‘zA.

Yaqinda O‘zbekistonda so‘nggi vaqtlarda shiddat olgan islohotlarning mazmuni va ko‘lami borasidagi savollar bilan “Amerika ovozi” teleradiosi muxbiri AQShning O‘zbekistonda favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen bilan suhbat qurdi.

– Prezident Mirziyoev juda ochiq odam, nazarimda. Rahbarlikka kelishi bilanoq bu ko‘zga tashlandi. Odamlar bilan yaqindan ochiq muloqot qilishni xohlaydi, sizni qunt bilan tinglaydi. Gaplashayotganda siz tomon egiladi. Prezident Trampning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Liza Kurtis bilan uchrashganida ham shunday muloqot qildi, – degan Pamela Spratlen. – Barcha uchrashuvlarda shuni ko‘raman. Davlat kotibi o‘rinbosari Tomas Shennon ham 2016 yil kelganida juda ochiq gaplashdi. G‘oyalarni olqishlaydi. AQShdan, Evropadan, Janubiy Koreyadan… Bu juda yaxshi, nazarimda. Ko‘p jihatdan tashqi dunyoga yopiq turgan davlatning hammaga ochiq ekanini ko‘rsatmoqda.



Muallif haqida

Abduvali

Leave a Comment