Kun nafasi

Qidiruvda bo‘lgan xavfli jinoyatchi Mirobod tumanida qo‘lga olindi

Muallif Abduvali

2018 yilning 11 yanvar kuni soat taxminan 17:00 larda Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida, Mirobod tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan qidiruvda bo‘lgan 1976 yilda tug‘ilgan Terexin Aleksandr Mixaylovich, Mirobod tumani hududida ushlandi, deb yozadi Toshkent shahar IIBB.

A.M.Terexin O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismida ko‘rsatilgan (giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) jinoyatini sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan.



Muallif haqida

Abduvali

Leave a Comment