Maqolalar

Tirikchilikning aybi yo‘q, ammo…

Muallif Abduvali

Bir kuni ishdan qaytayotganimda bekatda avtobus kutib biroz turib qoldim. Men chiqqan avtobus juda tiqilinch edi. Bir amallab oldi eshikdan chiqib oldim. Avtobusdagi pattachi ayol e'tiborimni tortdi. Egnida uzun ko‘ylak, boshida ro‘mol, belida katmonli sumka, bir qo‘lida pul, birida esa chipta. Yoshi 30-35 yoshlardagi erkakshoda ayol edi u. Bekatlardan birida to‘xtab, avtobusga yana odam chiqdi. O‘zi esa orqa tomondan chiqayotib, bir amakiga yuzlandi:

– Amaki, ketasizmi? Chiqing…

U esa ayolga qarab:

– Singlim, oldi tomondan chiqing! Ayollar oldidan chiqadi, – dedi.

Pattachi ayol esa yuqoriga talpinarkan, biroz dag‘al ohangda:

– Ie, men kassirman, amaki! Bo‘ling, ko‘tariling! – dedi.

Boyagi kishi jerkib berdi:

– E, kassir bo‘lsangiz ham ayollar tarafdan chiqing!

Shundan keyin pattachi ayol bir “uf” tortdi-da, avtobusning old tarafidagi eshik tomondan chiqishga yo‘naldi.

So‘ng chipta sotishda davom etdi. Shu payt bir yoshroq yigit:

– Opa, menga chipta bermaysizmi, kira haqini to‘ladim… – dedi.

– Shoshilmay turing, yo tushib ketyapsizmi?! – deb to‘ng‘illadi pattachi.

…Darvoqe, tirikchilik – mehnatning aybi yo‘q. Ammo har qanday sohada birinchi navbatda insondan so‘zlashish madaniyati talab etiladi.

Pattachi ayol ham kimningdir onasi, opasi, singlisi bo‘lishi kerak. Muhimi u – Ayol. Demak, ayol kishi har qanday vaziyatda o‘zida mujassam bo‘lgan ibo-hayo, andishani saqlashi lozim. Ayniqsa, jamoat joylarida ayol kishi odobi bilan barchaga namuna bo‘lishi joiz. Toki, u qaerda va qanday vazifada xizmat qilmasin, ayol kishiga murojaat qilayotganlar, avvalo, uning chiroyli tarbiyasi va xulq-atvoridan andoza olishsin.

Zotan, ayollarimiz faqat hurmat va e'zozga munosib…

Iroda XO‘JAEVA

Muallif haqida

Abduvali

Javob yuborish

Be the First to Comment!

Notify of
avatar