Kun nafasi

Giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda saqlash aniqlandi

Muallif Abduvali

2018 yilning 10 yanvar kuni soat taxminan 18:00 larda, Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida, Chilonzor tumanida joylashgan “Erkin” YPX maskanida 1968 yilda tug‘ilgan fuqaro Berdiev Ikrom Fayzievichning boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasi to‘xtatilgan. Tekshiruv davomida mazkur avtomashinadan umumiy og‘irligi 236,09 gramm bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik vositasi aniqlanib olingan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Muallif haqida

Abduvali

Javob yuborish

Be the First to Comment!

Notify of
avatar