Foto-Nigoh

Farzandingizga ogoh bo‘ling! Ikki yoshli qizchaning hayotdan ko‘z yumishiga sabab…

Qizi bilan sodir bo‘lgan fojeadan so‘ng, ona barchani farzandlariga e'tiborli bo‘lishga chaqirmoqda.

Okloxomada 2 yoshli qizaloq shifokorlarning ta'kidlashicha, tugmadan kichikroq hajmdagi batareykani yutib yuborib ikki soat ichida vafot etgan.

Kent Vaysning so‘zlariga qaraganda, uning nabirasi Brianna Florer oxirgi bir necha kunlarda o‘zini yomon his etgan, biroq hamma buni undagi harorat sababli deb o‘ylaganlar. Biroq bir necha kundan so‘ng qizaloq ko‘karib, qon qusa boshlagan. Briannaning ota-onasi Brayan va Stefani Florer tez yordam chaqirib, uni tezlikda kasalxonaga olib borishgan. Qizaloqni tezkor jarrohlik amaliyotiga tayyorlashgan, biroq u bu amaliyotdan tirik chiqmagan.

Rentgen tekshiruvi natijasida Briannaning tugmadan ham kichikroq hajmdagi batareykani yutib yuborgani aniqlangan.

Shunday kichkina buyum bir insonni hayotdan olib ketishi mumkinmi dersiz, u nafaqat bir norasidani hayotiga nuqta qo‘ydi, balki butun bir oilaning bir maromdagi hayotini o‘z izmidan chiqarib yubordi. Shunday ekan, ehtiyot bo‘laylik bolalarimizning qiziquvchanligi qanday yakun topishini hech qachon oldindan bila olmaymiz, axir.

– Jarrohlik amaliyoti ikki soat davom etgan bo‘lsada, nabiramizning hayotini saqlab qola olmadilar, aytishlaricha, ichki qon ketishini to‘xtatishning ilojini topa olmaganlar, shifokorlar batareyka oshqozon orqali uning arteriyasini kuydirib tashlaganini aniqlashgan. Endi hammasi yaxshilana boshladi deganlarida, ikki daqiqadan so‘ng uning joni uzilgan… Biz hech birimiz u qachon bu matohni yutib yuborganini aqlimizga sig‘dirolmayapmiz, – deydi Briannaning buvasi.

NewsOK​ informatsion portalining xabar berishicha, 2015 yildan buyon kichik hajmdagi batareykalar bilan bog‘liq 53 ta holat ro‘yxatga olingan. Lekin ularning hech biri o‘lim bilan bog‘liq emas.

Okloxoma ma'lumotlar markazi kotibi Rendi Badiloning aniqlik kiritishicha, batareyka ovqat hazm qilish tizimida tiqilib qolmasa, hech qanday zararsiz chiqib ketadi. Biroq ovqat hazm qilish organlarida tiqilib qolsa, ochilib ketishi gidroksid moddasini chiqarib yuborishi va ichki organlar kuyishiga olib kelishi mumkin.

Briannaning buvasi Kevin Floler nabirasining xotirasiga GoFundMe​ sahifasini yaratdi. U erda ko‘pchilik qizning oila a'zolariga hamdardlik bildirish bilan birga shunga o‘xshash voqealar bilan bo‘lishmoqdalar. Ota-onalarni farzandlariga e'tiborli bo‘lishga chaqirmoqdalar.

Ziyoda Ziyaeva tayyorladi.

Muallif haqida

Abduvali Qurbanov

Javob yuborish

Be the First to Comment!

Notify of
avatar