Foto-Nigoh

14 yil to‘xtovsiz homilador bo‘lgan ayol, eng birinchisida 13 yoshda edi!

Noel va Syu Redfordlarga jurnalistlarning qiziquvchanligi juda ustun, biroq bu narsaga oila a'zolari umuman e'tibor qaratmaydi ham. Axir uy to‘la e'tibor talab bola – chaqa bilan kim ham birovlarning qiziqishlariga ortiqcha ahamiyat bera olardi!

Redfordlar Britaniyada eng ko‘p bolali oila sifatida juda mashhur. Bir vaqtlar ular uch farzandli bo‘lishni orzu qilardilar, vaqt o‘tishi bilan esa bu orzulari hatto ortig‘i bilan ushalganini ko‘rishimiz mumkin. Noel 45 yoshda, Syu esa 40 da . Ayol ilk farzandini 14 yoshida dunyoga keltirgan. Ular hali voyaga etmaganliklari uchun farzandlariga vasiy ota- ona topishlariga to‘g‘ri kelgan.

Oxirgi 14 yil mobaynida Syu to‘xtovsiz eriga farzand hadya etmoqda. Yaxshi hamki, oilada hech qanday moliyaviy muammolar yo‘q. Oilaga to‘ng‘ich farzandlari Kristofor ham yordam beradi, bundan tashqari Redfordlar oilasining shaxsiy bizneslari ham bor.

Ular 19 – marotaba ota- onalik baxtiga musharraf bo‘lganliklariga hech qancha vaqt o‘tmayoq Syu yana homilador ekanligi ma'lum bo‘ldi.

20 ta bolaning otasi faqatgina do‘stlarining iltimosini bajo keltirayotganini aytib, hazillashadi, qolgan bolalari esa 20 – mehmonning tug‘lishiga faqat ijobiy munosabatdalar va shu bilan ikkinchi o‘ntalikni yakunlashlarini iltimos qilmoqdalar.

Redfordlarning 20 ta farzandidan tashqari yana 3 nabiralari ham bor. Xulosa qilib aytganda, sobiq etim bolalarning orzulari ortig‘i bilan ushaldi! Endilikda ularning haqiqatdan ham juda katta oilalari mavjud!

Noel bilan Syu katta oila va bolalarga allaqachon ko‘nikib ham qolishgan, faqatgina bayram arafasida anchayin ter to‘kishlariga to‘g‘ri keladi, albatta.

Har haftalik bozor – o‘charning o‘ziyoq katta bir sinov, axir. Kir- chirlar haqida – ku gapirmasak ham bo‘ladi…

Hozirda Redfordlarning do‘stlariga farzandning qiz yoki o‘g‘il bo‘lishi juda qiziq, chunki Redfordlarning hozirda 10 ta o‘g‘il va 9ta qiz farzandlari bor. Haqiqatdan ham juftlikka o‘rtadagi farqni tenglashtirish nasib etarmikan?!

Nima ham derdik, Redfordlar oilasi boshqalardan farq qilsalarda, ularning har bir a'zosi juda baxtli bu esa eng muhimidir.

Siz bu noodatiy oila haqida qanday fikrdasiz?

Ziyoda Ziyaeva tayyorladi.

Muallif haqida

Abduvali Qurbanov

Javob yuborish

Be the First to Comment!

Notify of
avatar