Psixologik testlar

Psixologik test: Atrofdagilar bilan xushmuomalaman deb o‘ylaysizmi?

Har hil odamlar bo‘lishadi… Ayrimlar birinchi uchragan odamdan hech narsani ayamasa,boshqalardan qishda qor so‘rab bo‘lmaydi. Siz qaysi guruh insonlarga kirasiz? Atrofdagilar bilar har doim ham xushmuomalada bo‘la olasizmi? Bu savollarga quyidagi testni echib, javob topasiz deb o‘ylaymiz. Demak savollar:

1. Cho‘ntagingizga oz-moz pul tushib qoldi deylik. Barcha pullaringizni do‘stlaringiz uchun sovg‘alarga sarflay olasizmi?

2. O‘rtog‘ingiz o‘zining muammolari haqida gapira boshlasa o‘zingizni eshitmaslikka olasizmi?

3. Agar raqibingiz shaxmat yoki boshqa o‘yinda yomon o‘ynasa, ayrim paytlar u ham yutishi uchun imkoniyat yaratib berasizmi?

4. Odamlar kayfiyatini ko‘tarish uchun ularga tez-tez yaxshi gaplar aytib turasizmi?

5. Qo‘pol hazillarni yoqtirasizmi?

6. Kechirimlimisiz?

7. Sizni umuman qiziqtirmaydigan suhbatni oxirigacha etkaza olasizmi?

8. Amaliyotda o‘z qobiliyatingizni to‘liq ishlata olasizmi?

9. Yutqazayotgan o‘yiningizni tugatmay tashlab qo‘ya olasizmi?

10. Agar haqligingizga ishonchingiz komil bo‘lsa ,raqibingiz fikrini eshitishni istaysizmi?

11. Iltimoslarni bajonidil qondira olasizmi?

Natijalar:

Endi 1, 3, 4, 7, 11 savollardagi «Ha»va 2, 5, 6, 8, 9, 10 savollardagi «yo‘q» javobi uchun bir ochkodan jamlang.

8 ochkodan ko‘p: Siz xushmuomala, atrofdagilarga yoqadigan, odamlar bilan kelishib ketadigan insonsiz. Do‘stlaringiz ko‘p bo‘lsa kerak. Lekin ogohlantirib qo‘yaylik:siz hamma bilan kelishib ketish shart emas deb o‘ylaysiz.

4 ochkodan 8 ochkogacha: Hammaga nisbatan ham rahmdil emassiz.Ayrimlar uchun hamma narsaga tayyorsiz, boshqalar ya'ni siz yoqtirmaydiganlar yaxshisi sizdan uzoqroq yurgani ma'qul. Bizningcha odamlarni xafa qilib qo‘ymaslik uchun hamma bilan birday muomala qilganingiz ma'qul.

4 ochkodan kam: Siz bilan suhbat hatto eng yaqin kishilaringiz uchun ham qiyin. Do‘stlaringiz ko‘payishi uchun odamlar bilan yaxshi munosabatda bo‘ling.



Muallif haqida

Abduvali Qurbanov

Leave a Comment