Qiziqarli

Tug‘ilganidan beri ovqat iste'mol qila olmaydigan bolakay…

U tabiiy zarurat bo‘lgan ovqatlanish nimaligini bilmaydi. Ma'lum bo‘lishicha u juda kam uchraydigan kasallik sindromiga chalingan. Shifokorlar uning sharafiga bu kasallik sindromini uning ismi bilan atashga qaror qilishdi. Hozirda 4 yoshli ingliz millatiga mansub Okli Langran dunyoga kelgan ilk kunidayoq 100 martaga yaqin go‘shtli qusish holati bilan ota-onasi va hattoki butun tug‘ruqxona shifokorlarini hayratda qoldirgan. Shu voqeadan so‘ng u hech qanday tabiiy holda ovqatlana olmaydigan bo‘ldi, odatdagi emaklar bilan u faqat o‘ynashi mumkin.

Uning kasalligi shu darajada noyobki shifokorlar uni bolakay sharafiga Okli (Oakley Syndrome) deb nom berishdi. Bolakay deformatsiyalangan qorincha va qizilo‘ngach refleksi kasalligi bilan dunyoga kelgan, aynan shu sababdan ham u hech qanday ovqat tanavvul qila olmaydi.

Ota-onasi u o‘ynashi uchun plastikdan yasalgan oziq-ovqat mahsulotlari nusxasini berishadi. Faqat Rojdestvo bayramidagina haqiqiy mahsulotlarni berishadi, biroq bunda ham u bu mahsulotlarni faqatgina ushlab ko‘rishi mumkin.

Bolakay hozirgacha tug‘ilishi bilan uning oshqozoniga o‘rnatilgan maxsus plastik oziqlanish uskunasi yordamida yashab kelmoqda.

Okli barcha bolalar sevib iste'mol qiluvchi shirinliklar, muzqaymoq, sharbat va turli mevalarning mazasi, ta'mi qanday bo‘lishini bilmaydi. Biroq bu narsa uning kayfiyatiga hech qanday ta'siri yo‘q. Xayriyatki bolakay shundoq ham quvnoq, ziyrak va jismoniy jihatdan ham juda faol.

Bir oz vaqt avval Okli Londonning Qirollik kollejida jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Shifokorlar uning ichki a'zolari faoliyatini bilishga , nima uchun uning oshqozoni hali hamon ovqat qabul qilmayotganini aniqlashga urinishdi.

Shundan so‘ng u doimiy chanqoq hisidan batamom qutildi, shifokorlar yana bir to‘yintirilgan sut uchun maxsus truba o‘rnatdilar.

Biroq shuncha izlanishlarga qaramay shifokorlar bolakay bilan sodir bo‘layotganini aniqlay olmayaptilar. Okli qachondir oddiy odamlardek, oziqlana oladimi yoki yo‘qmi degan savol javobsizligicha qolmoqda.

Ziyoda Ziyaeva tayyorladi.

Muallif haqida

Abduvali Qurbanov

Javob yuborish

Be the First to Comment!

Notify of
avatar